Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J. Otajonov tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida tibbiyot xodimlari tomonidan fuqarolarga profilaktik ko‘riklarning ahamiyati, kasalliklarni erta aniqlash va davolash usullari, shuningdek, davlat tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Deputat J. Otajonov o‘z so‘zida aholining salomatligini muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidlab, bu kabi targ‘ibot ishlari fuqarolarning tibbiy xizmatlardan to‘g‘ri va samarali foydalanishida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tadbir yakunida fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish hamda o‘z salomatligiga befarq bo‘lmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2