Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov, tuman prokurori Qaxramon Mirsagatov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abduvali Maxamatov hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi rahbari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida tumandagi dehqon bozorida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Tashrif davomida bozordagi narx-navolar barqarorligi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, savdo rastalarida yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena holati atroflicha o‘rganildi. Xususan nazorat-taxlil tadbiri davomida “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”dagi go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratildi. Unda mutasaddi rahbarlar, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashildi. O‘rganishlar davomida tuman Kengashi deputati Elmurod Po‘latov tomonidan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi. Bu kabi jamoatchilik nazoratlari davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 

Slide 1 of 5