Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati O. Egamberdiyeva tomonidan Amir Temur mahallasi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda hududni rivojlantirishga oid taklif va mulohazalar tinglandi.

️Saylovchilar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, bandlikni oshirish hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

 Deputat tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qisqacha ma’lumot berilib, kelgusida hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ham tushuntirishlar berildi.

 Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga joriy etish muhimligi qayd etildi.

Yakunda deputat aholi bilan doimiy muloqotni davom ettirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolariga yechim topish ustuvor vazifa ekanligini bildirib o‘tdi hamda fuqarolarni yanada faol bo‘lishga, mahalla rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi.

Slide 1 of 2