Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Azizbayeva tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

️Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, hududda mavjud dolzarb muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan taklif va mulohazalar tinglandi.

Saylovchilar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minotini barqarorlashtirish, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, hududni obodonlashtirish, bandlikni oshirish, shuningdek yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator murojaatlar bildirildi. 

Deputat tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan choralar ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilib, kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Yakunda deputat saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarga yechim topish ustuvor vazifa ekanligini qayd etib, fuqarolarni hudud rivojiga befarq bo‘lmaslikka va faol ishtirok etishga chaqirdi.

Slide 1 of 2