Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari O.Egamberdiyeva va M.Salimova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududda mavjud muammolar, aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalar hamda infratuzilmani rivojlantirishga oid taklif va mulohazalar tinglandi.

Saylovchilar tomonidan yo‘l ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzluksizligi, kanalizatsiya tizimi holati, hududni obodonlashtirish, chiqindi muammosi, shuningdek bandlikni oshirish va yoshlar hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputatlar tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilib, kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga joriy etish muhimligi qayd etildi.

Yakunda deputatlar saylovchilar bilan doimiy muloqotni davom ettirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarga tezkor va samarali yechim topish ustuvor vazifa ekanligini bildirib o‘tdilar.

Slide 1 of 2