Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan “Do‘stlik” MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod viloyat Kengashi deputati Sobirov Eshqobil bilan birgalikda va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamrohligida tumandagi “Do‘stlik” MFY fuqarolari bilan yig‘in tashkil etildi. Tadbirda Muzrabot tuman Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Tagaeva, tuman hokimligining bosh mutaxassisi F.Normamatova, mahalla raisi, mahalla yettiligi a’zolari va hudud fuqarolari ishtirok etib, aholi tomonidan ilgari surilgan muammolar batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida fuqarolarga mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va natijalari xususida keng ma’lumotlar berib o‘tildi.

Uchrashuv davomida “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqarolari qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, ro‘yxatga olindi. Bu murojaatlardagi turli yo‘nalishdagi masalalar bo‘yicha yechimini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali ijrosini ta’minlash yuzasidan choralar belgilab olindi.

Tadbir yakunida fuqarolar muammolarini hal etishda tizimli yondashuv, mas’ul tashkilotlar faoliyatiga deputatlik nazorati va har bir murojaatni oxirigacha yetkazish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1