Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Istiqlol mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#24_ta_masala 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Istiqlol mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida kasanachilik asosida 7 nafar ayol ish bilan ta’minlangan. Oilaviy ajrimlar bo‘yicha olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 1 ta holat ijobiy hal etilgan.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, 4 ta murojaat o‘rganilgan hamda 2 nafariga himoya orderi rasmiylashtirilgan.

“Xotin-qizlar daftari”ga 102 nafar ayol kiritilgan bo‘lib, ulardan 2 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan, yana 2 nafari tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilingan. Bundan tashqari, 3 nafar ayolga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

Mahalla psixologi bilan hamkorlikda ehtiyojmand xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2