Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ayniqsa ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari samaradorligini baholash maqsadida Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Birlik” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim Y.Kasimova faoliyati o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yakka yolg‘iz qariyalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlarni qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, har bir ehtiyojmand oilaning muammosini chuqur o‘rganish hamda ularga tizimli yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔷Shu bilan birga, mas’ullarga ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1