Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova Olmazor mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha tinglanib, ularning yechimi yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. Xususan, obodonlashtirish, ichki yo‘llar holati, chiqindilarni o‘z vaqtida tashish va olib ketish masalalari yuzasidan fuqarolar fikrlari o‘rganildi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, bunyodkorlik ishlari hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berilib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar alohida qayd etilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3