Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat axboroti

Uchrashuv Shayxontohur tumanidagi “Koʻkcha” mahalla fuqarolar ygʻini binosida boʻlib oʻtdi. Axborot uchrashuvida tuman faollari, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonasi masʼullari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi. 

Deputat B.Axmedov axborot jarayonida qonunchilikga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar, mahallada tashkil etilgan fuqarolar qabullari, sayyor oʻrganishlar va ochiq muloqatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi. 

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida 2 ta tashkilotlarga kiritilgan deputatlik soʻrovlari natijasida muammolar ijobiy hal etilganini va 2 ta ichki yoʻllarni, 2 ta koʻp-qavatli uylarni kirish yoʻlaklarini taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ijobiy ishlar toʻgʻrisida axborot berdi. 

Bundan tashqari, B.Axmedov mahallalarda 6 nafar yoshlar va 8 nafar xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida belgilangan loyihalar asosida olib borilgan ishlar haqida ham axborot berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat faoliyatining 24 ta asosiy yoʻnalishlari yuzasidan ijtimoiy himoya, huquqbuzarliklarni oldini olish, kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda saylovchilar aholi tomonidan koʻtarilgan murojaatlar kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan hamkorlikda muhokama qilindi, muammo sifatida belgilangan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Uchrashuv yakunida deputat B.Axmedov tomonidan xalq bilan doimiy muloqotni ustuvor vazifa sifatida belgilash kelgusida ham bu yoʻnalishdagi ishlar davom ettirish taʼkidlab oʻtildi.

Slide 1 of 2