Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida muassasada bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, tarbiyachilarning
faoliyati hamda bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
 

O‘rganish jarayonida muassasaning o‘quv xonalari, oshxonasi, tibbiyot xonasi, musiqa va sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan
xonalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi hamda xavfsizlik choralarining ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratildi.
G.Bobojonova muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat o‘tkazib, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik usullardan samarali foydalanish hamda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashdi. 

Slide 1 of 6