Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Raxmatillayeva Muqaddasxon Mamayunusovna mahalla fuqarolar yig'inlarida yoshlar bilan ishlash tizimi va tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.

 Oʻrganish jarayonida "Charxnovza" va "Olim Xo'jayev" mahalla fuqarolar yig'inlarining yoshlar etakchilari A.Meliboyev, A.Oliqulov hamda hokim yordamchilari M.Mirjalilov va D.Fayzullayevlar tomonidan aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi. 

Xususan, 2026-yil birinchi choragida yoshlar bilan ishlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish va ish bilan taʼminlash va mahalladagi muammolarni manzilli hal etish masalalariga to'htalib o'tildi.

Oʻrganish davomida yoshlar vaqtini mazmunli o'tkazish, yoshlar o'rtasida sport, ma'naviy tadbirlarni tashkil etish, kambag'allikdan chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha mahalla faollariga tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida deputat M.Raxmatillayeva fuqarlarning va yoshlarning kelajagi jamiyat uchun juda muhim ekanligi va eʼtiborimizdan chetda qolmasligini taʼkidlab oʻtdi. 

Slide 1 of 3