Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 6-son “Yoshlik” saylov okrugidan deputat S. Allayorov deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha may oyi reja-jadvaliga asosan hududda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Mazkur reja doirasida deputat hududdagi madaniyat muassasalari, jumladan maktab kutubxonalari faoliyatini o‘rganish maqsadida 4-son maktabda bo‘ldi. Maktab kutubxonasida jami 11 796 ta kitob mavjud bo‘lib, shundan 9 110 tasi darslik fondini tashkil etadi.

O‘rganish davomida deputat kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan muloqot qildi. Suhbatlar jarayonida nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilar, balki mahalla aholisining ham kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani qayd etildi. Bu esa aholini kitob o‘qishga keng jalb etish borasida yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning amaliy natijasi sifatida baholandi.

Shuningdek, Yoshlik mahallasida bolalar musiqa va san’at maktabi, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo shoxobchasi hamda maktab kutubxonasining mavjudligi aholining madaniyat, san’at va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2