Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
DEPUTAT VA MAHALLA "YETTILIGI" HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA AHOLI BANDLIGI

DEPUTAT VA MAHALLA "YETTILIGI" HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA AHOLI BANDLIGI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashimudiri deputati A.Avliyakulov deputat R.Shamanov saylangan “Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni ko‘zdan kechirdi.

✅ Muhokama markazida — 24 ta muhim masala Tashrif davomida deputat mahalla “yettiligi” bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida deputatlar oldiga qo‘yilgan va tavsiya etilgan 24 ta muhim masala doirasida mahallada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan:

Aholi muammolarini hal etishda “yettilik” tizimining samaradorligi;

Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash;

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilindi.

Tomorqa — daromad manbai Shuningdek, R.Shamanov mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, fuqarolar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi. Xususan, yangi barpo etilgan issiqxonalar (parnik) ko‘zdan kechirildi.

Deputat kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi nafaqat bir oilaning, balki mahalla iqtisodiyotining yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, tomorqadan samarali foydalanayotgan fuqarolarga o‘z tavsiyalarini berdi.

"Maqsadimiz — xalq ichiga kirib, har bir masalaning yechimini joyida topish va aholi farovonligini ta’minlashdir," — deydi deputat R.Shamanov.

Slide 1 of 5