Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDA

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Djabborov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N. Azimova Guliston mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

So‘nggi bir yil ichida mahalla qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, manzarali va mevali daraxtlar ekildi. Bolalar maydonchalari, sport inshootlari, aholi dam olishi uchun ayvonlar barpo etilib, fuqarolar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Deputat avvalgi o‘rganishlar davomida aholi fikridan kelib chiqib bildirilgan takliflar asosida 21-uy oldida qurilgan bolalar maydonchasidagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.

Obod mahalla — farovon hayot garovi! ✨

Slide 1 of 3