Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Yashil bog‘” loyihasining holati o‘rganildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh.Matirzayev va M.O'razbayevlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-sonli qarori hamda xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 2025-yil 19-iyundagi VII-10-62-13-181-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Choyko‘l OFY hududida barpo etilgan “Yashil bog‘" loyihasining amaldagi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududda jami 1260 dona yirik hajmli ko‘chatlar ekilgani aniqlandi. Jumladan, 663 dona qayrag‘och hamda 597 dona yasen (shumtol) daraxtlari o‘tqazilgan.

Hozirgi kunda bog‘ hududi muntazam sug‘orilmoqda va ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik darajasi 96–98 foizni tashkil etmoqda. Bu esa amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 5