Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
MAHALLA YETTILIGI BILAN MULOQOT: JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH VA IJTIMOIY HIMOYA USTUVOR VAZIFA

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 5 va 20 bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Sa'dullayeva hamda Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro'ziboyevlar tomonidan Urganch shahar "Ziyokorlar" mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Dastlab, mahalla yettiligi va profilaktika inspektori ishtirokida hududdagi jinoyatchilik holati atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish davomida mahalladagi muammoli masalalar, jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratuvchi
omillar va ularni bartaraf etish choralariga to‘xtalib o‘tildi.
  

Ayniqsa, hududdagi ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan xonadonlar holati deputatlar e’tiboridan chetda qolmadi. O‘rganishlar natijasida mahalla ijtimoiy xodimining bu boradagi faoliyati, og‘ir ahvoldagi oilalar bilan ishlash tizimi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ijtimoiy xodimga tegishli takliflar berilib, bu borada yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 

Slide 1 of 6