Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanning “Navro‘z” mahallasi raisi, xotin-qizlar faoli va mahalla bankiri faoliyati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Ashurov tomonidan o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida mahalla bankiri tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

🔷Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔷Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2