Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani: Hokim yordamchisi ko‘magi – oilaviy tadbirkorlik poydevori!

✅Bandixon tumanida “Har bir oila — tadbirkor” tamoyili shunchaki shior emas, balki har bir xonadonga kirib borayotgan barqaror daromad manbaiga aylanmoqda. Mahallabay ishlash tizimi orqali aholi bandligini ta’minlash va tomorqadan unumli foydalanish masalalari bugun tumanimizda bosh ustuvor vazifa hisoblanadi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov “Gulbog‘” mahallasidagi xonadonlarda bo‘lib, tomorqa madaniyati va aholining daromad sirlarini o‘rgandilar.

Asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilangan:

✅Prezidentimizning PQ-55-sonli qarori ijrosini ta’minlash;

✅ Ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish;

✅ Har bir xonadonda barqaror daromad manbalarini yaratish.

✅ Namunali xonadon tajribasi: Paykalov O‘ktam xonadoni

O‘rganish davomida hokim yordamchisining tavsiyasi va imtiyozli kredit ko‘magida o‘z xonadonini daromadli maskanga aylantirgan Paykalov O‘ktam xonadoni ko‘zdan kechirildi.

✅Bugungi kunda ushbu xonadonda:

✅ Bulg‘or qalampiri – bozorning eng xaridorgir mahsuloti sifatida yetishtirilmoqda;

✅Ertagi kartoshka – ichki bozor ta’minoti va oila byudjeti uchun asosiy drayver.

✅"Hokim yordamchisining yo‘nalish berishi va davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar sabab bugun yerimizdan yiliga bir necha bor hosil olyapmiz. Bu nafaqat bizning, balki mahallamizning to‘kinligiga xizmat qiladi", — deydi xonadon sohibi.

Slide 1 of 9