Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, xususan, xotin-qizlar va bolalarni himoya qilish, ularning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, hududda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” hamda “ijtimoiy reyestr” asosida olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida mavjud muammolar, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan fikrlar o‘rganildi. Ayrim yo‘nalishlarda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, murojaatlarga tezkor va manzilli yondashuvni ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, xavf guruhidagi oilalar bilan manzilli ishlash, ayollar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4