Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.

O'rganish jarayonida hududlarda ichimlik suvi ta’minoti holati, mavjud tarmoqlarning texnik ahvoli, suv bosimi hamda aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari atroflicha o‘rganildi.

Shu bilan birga, tuman Kengashi deputatlariga fuqarolardan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib borayotgani, ayrim hududlarda suv ta’minotida uzilishlar va sifat bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi. 

Mas’ulzarga mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani bosqichma-bosqich yangilash, nosoz tarmoqlarni ta’mirlash hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, har bir murojaatga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish zarurligi hamda ushbu murojaatlar natijalari xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritilishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni deputatlik va jamoatchilik nazoratida doimiy ravishda monitoring qilib borish belgilab olindi.

Slide 1 of 3