Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dastur loyihalari ijrosi deputat nazoratida

Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dastur loyihalari ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Buvayda tumani Kengashining 2025-yil 16-dekabr kungi “2026-yilda Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-17-123-11-154-K/25 (https://kengash.gov.uz/doc/228547)-sonli qarori ijrosini nazorat qilish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Busapiya Abdurazaqova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sherali Aliqulov joylarga chiqgan xolda organish ishlari amalga oshirildi.

❗Jumladan tumanning “Xasanqorgoncha” MFY hududida faoliyat yuritayotgan metallga ishlov berish yonalishidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

⚡️Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud texnik jihozlar hamda mahsulot sifati o‘rganildi.

📝Shuningdek, tadbirkor bilan suhbat jarayonida sohani yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

📈Hududda sanoat korxonalarining barqaror faoliyati aholi bandligini ta’minlash va mahalliy budjet tushumlarini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi

Slide 1 of 1