Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
FARMON IJROSI – DEPUTAT NAZORATIDA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga asosan, Urganch shahridagi 8 mahallada 9 ta xonadonning Urganch shahar hokimligining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. 

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Allabergenov va mahalla raisi D.Ismailovlar ishtirokida “Jambul” mahallasidagi qurilish va ta’mirlash dasturiga tushgan 1 ta xonadonda yuqoridagi farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xolatini o‘rgandilar.  

O‘rganish jarayoniga ushbu xonadonlarga biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbari ham jalb etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimizning Farmonlari orqali shahardagi 9 ta oilalarga ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash orqali xar bir xonadonning turmushini yaxshilash va farovon hayot kechirishlari uchun ularga amaliy yordam berishdan iborat.
O‘rganish davomidagi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbariga deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3