Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Boshqaruv kompaniyasi faoliyati tanqidiy o‘rganildi

Boshqaruv kompaniyasi faoliyati tanqidiy o‘rganildi

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining “4-Qoryog‘di” okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish doirasida tumanda faoliyat yuritayotgan “Bog‘iston Lyuks” boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) ish faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Joylardagi holatlar tanqidiy ruhda ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, ko‘p qavatli uylar hududida joylashgan chiqindi yig‘ish shoxobchalarida sanitariya holati talab darajasida emas. Chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani sababli hududlarda antisanitar holat yuzaga kelgan. Bu esa aholi salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, ko‘p qavatli binolarga kirish qismlarida o‘rnatilishi lozim bo‘lgan naveslar bilan bog‘liq ishlar chala tashlab ketilgani kuzatildi. Ayrim joylarda qurilish ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ular yakuniga yetkazilmagan, bu esa aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

O‘rganish jarayonida BSK mas’ullarining nazorati yetarli darajada emasligi, ishlarni tizimli tashkil etishda kamchiliklar mavjudligi alohida ta’kidlandi. Muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilmayotgani esa tizimli yondashuv yetishmayotganini ko‘rsatadi.

Deputat tomonidan aniqlangan barcha kamchiliklar yuzasidan “Bog‘iston Lyuks” BSK mas’ullariga qat’iy ko‘rsatmalar berildi. Xususan, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash hamda yarim qolgan qurilish ishlarini to‘liq yakunlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda nazorat qilish va aniq natijalarga erishish yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 7