Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman deputati Umurzoq Yarlakabov, viloyat hokimligidan biriktirilgan mas’ul shaxs hamda tuman hokimi o‘rinbosari M.Turakulovlar bilan hamkorlikda “Jo‘langar” mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlar xonadonlariga tashrif buyurilib, ular bilan individual suhbatlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda qiziqishlari asosida kasbga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar natijasida ro‘yxatga olingan 20 nafar ishsiz yoshdan 11 nafari shu kunning o‘zida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi.

Qolgan 9 nafar yoshning qiziqish va ko‘nikmalaridan kelib chiqib, ularni o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish maqsadida zarur amaliy ko‘maklar berildi. Xususan, ayrimlariga tikuv mashinalari, boshqalariga esa qurilish ishlarida foydalaniladigan beton aralashtirgich (mishalka) uskunalari ajratilishi belgilandi.

Mazkur tashabbus yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3