Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
DEPUTAT NAZORATI

 Oltinsoy tumanining “Ovchi” mahallasida joylashgan 58-sonli tibbiyot oilaviy shifokorlik punkti (OShP) binosida qurilish ishlari yakunlanganiga qaramay, uning foydalanishga topshirilmayotganligi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Mazkur holatni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar obyektga tashrif buyurib, amalga oshirilgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mazkur tibbiyot muassasasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tezkor ravishda foydalanishga topshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborildi. 

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 7