Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 20-Darvozaqir deputati Nazokat Narxadjayeva tomonidan “Yangiobod” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.

Uchrashuv davomida deputat o‘tgan chorakda fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish, dolzarb masalalarni ko‘tarish, ularni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Jumladan, deputat tomonidan 3 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, bu orqali muhim masalalar tegishli idoralar darajasida ko‘rib chiqilgan. 

O‘z faoliyati davomida deputat 7 ta murojaatni ko‘rib chiqqan, 3 ta sayyor qabul tashkil etib, ularda qabul qilingan aholi murojaatlarining aksariyatiga joyida yechim topilgan. 3 ta doimiy komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etgan Nazokat Narxadjayeva tuman miqyosidagi muhim masalalarning muhokamasida faol qatnashgan.

Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar va takliflar ilgari surildi. Jumladan, mahalla fuqarosi Nuroniy Ahmadov Davron bobo tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash va tartibga keltirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, hududdagi ko‘cha yoritish tizimidagi nosozliklar, xususan chiroqlarning ishlamayotgani bo‘yicha muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda tegishli tashkilotlar ko‘magini kuchaytirish, QVP shifokori uchun transport vositasi ajratish masalalari ham ko‘tarildi.

Bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3