Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 🚧 Sherobodda yo‘l bo‘yida zamonaviy savdo nuqtalari tashkil etish rejalashtirilmoqda

Sherobod tumanida infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov, 15-Bahor saylov okrugi deputati A. Tojiyev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U. Xamrayevlar birgalikda M-39 avtomobil yo‘lining tumandan o‘tuvchi qismida bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida ushbu hududda zamonaviy ko‘chmas savdo nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha taklif etilayotgan drayver va investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi. Loyihalarning asosiy maqsadi — yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududning iqtisodiy faolligini yanada kuchaytirishdan iborat.

Mutasaddilar tomonidan loyihalarni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududning infratuzilmasini yaxshilash va yo‘l bo‘yidagi xizmatlarni zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur tashabbuslar amalga oshirilishi natijasida Sherobod tumani orqali harakatlanuvchi haydovchilar va yo‘lovchilar uchun yanada qulay va sifatli xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

📌 Sherobodda amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hudud taraqqiyotiga xizmat qiladi va investitsion jozibadorlikni oshirishga zamin yaratadi.

Slide 1 of 6