Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Deputat maktabda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.R. Qurbonova 10-“Saidlar” saylov okrugida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomad, darslar sifati hamda ichki muhit holatini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda jami 803 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Shundan 446 nafari yoki 55,5 foizini qizlar tashkil etadi. O‘qituvchilarning 91,2 foizi xotin-qizlardan iborat.

O‘tgan o‘quv yilida maktabni tamomlagan 55 nafar bitiruvchining 58,2 foizi respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, ulardan 22 nafari davlat OTMlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Deputat N.R. Qurbonova yosh avlodni tarbiyalashda maktab, mahalla, ota-onalar hamda deputatlar hamkorligini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan qator takliflar bildirdi.