Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Aholi bandligi masalalari deputat e’tiborida.

Jondor tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Ana shunday amaliy sa’y-harakatlar doirasida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 20-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat M.Hojiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar “Zangi” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, pilla qurti yetishtirish orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Deputat M.Hojiyeva tomonidan pillachilik sohasining afzalliklari, uni tashkil etish tartibi hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalish orqali xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida mahalla faollari va xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, amaliy takliflar bildirdilar. Bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, ularning muammolariga yechim topish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu tariqa, “Zangi” MFYda amalga oshirilayotgan loyihalar xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oila farovonligini oshirish va hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3