Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
#munosabat

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayevning Buxoro shahridagi uchrashuvi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, balki umumiy tarixiy va madaniy merosimizni yanada chuqur anglashga xizmat qiladi.

Oliy martabali mehmonga Poi Kalon majmuasi, Ark qal'asi kabi bebaho yodgorliklar tarixi va me’morchiligi, shuningdek, Sharq ilm-fani va madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot berilishi – ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasidir.

Asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilib, savdo hajmini oshirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish va yangi investitsiya yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama qilindi. Sanoat, energetika va logistika kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish orqali ikki mamlakat iqtisodiyotini yanada uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.

Deputat sifatida aytishim mumkinki, bunday uchrashuvlar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlab, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bu kabi tashriflar hududlarning turistik salohiyatini oshirish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ham katta turtki beradi. 

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati: J.Xudoyev