Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Tadbirkorlik faoliyati: muammo va yechimlar tahlili

Xo‘janqon mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar depuat tomonidan joyida o'rganildi . Jumladan, “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqarolardan 8 nafariga tikuv mashinalari ajratilib, ularning daromad topishiga sharoit yaratilgan. Mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Musurmovqulova Dildoraning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganilganda, uning doimiy daromad manbaiga ega emasligi asosiy muammo sifatida aniqlangan. Mazkur muammoni hal etish maqsadida amaliy choralar ko‘rilib, subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berilgan va shu orqali uning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi. Shuningdek, mahallada kambag'al oilalarga parranda (tovuq) berilib, tomorqa va yordamchi xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashilgan. Natijada fuqaroning qo‘shimcha daromad manbai shakllantirilib, bandligi ta’minlangan. Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusida bu kabi ishlarni yanada kengaytirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish hamda har bir oilaning daromad manbaini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya berildi.