Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
"Xo‘janqon" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 8-"Xo‘janqon" saylov okrugi deputati Aminqulov Shaxrijahon tomonidan tumandagi "Xo‘janqon" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalla raisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Jumladan, ijtimoiy xodim tomonidan mahallada og‘ir ahvoldagi oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur ishlar hududdagi ijtimoiy muhitni mustahkamlash, oilalar farovonligini oshirish hamda mahallada birdamlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalla yettiligi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek mahalla yettiligi faoliyati doimiy ravishda rivojlanib borayotgani, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan turli ijtimoiy, madaniy va profilaktik tadbirlar samarali tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1