Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 9-Saepir saylov okrugidan saylangan deputat Seydabdullayeva Fotima Otaxonovna deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zi saylangan Saepir mahallasida o‘rganishlar o‘tkazidi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 9-Saepir saylov okrugidan saylangan deputat Seydabdullayeva Fotima Otaxonovna deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zi saylangan Saepir mahallasida o‘rganishlar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan “Mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurash holatini, ayniqsa hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish” mavzusida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida mahallada 2025-yil 1-choragida 4 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2026-yil 1-choragida 3 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi. Biroq joriy yilda yangi texnologiyalar bilan bog‘liq, ya’ni kiberjinoyatlar va telefon orqali sodir etilayotgan jinoyatlar 100 foizga oshgani qayd etildi.

Shuningdek, mahalla uchastka noziri bilan suhbat jarayonida mahallada jinoyatchilikning oldini olishda tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 2