Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida dorixona va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subyektlarda dori vositalarining saqlanishi, realizatsiyasi, sifati hamda aholiga yetkazib berish jarayonlari amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, dori vositalarining sertifikatlanganligi, yaroqlilik muddati, narx-navoning asosliligi hamda noqonuniy savdoning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, soha vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, jumladan, dori vositalari ta’minoti, logistika jarayonlari, narxlar barqarorligi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, farmatsevtika faoliyatini tartibga solish, qonun talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda aholining sifatli va xavfsiz dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2