Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar doirasida deputat tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bevosita tashrif buyurilib, ularning xizmat ko‘rsatish va savdo yo‘nalishidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, kredit resurslariga kirish imkoniyati, infratuzilma ta’minoti, yer ajratish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq masalalar joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar hamda takliflari tinglandi. Xususan, ayrim holatlarda hujjatlashtirish jarayonlarining murakkabligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishdagi kechikishlar, moliyaviy resurslardan foydalanishdagi qiyinchiliklar yuzasidan murojaatlar qayd etildi.

Shuningdek, qonun talablariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish, tekshiruvlarni tartibga solish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada tegishli tashkilotlar faoliyati ham tahlil qilinib, qonun ijrosini ta’minlash holati baholandi.

Slide 1 of 4