Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputatning yoshlar bilan uchrashuvi: ochiq muloqot va muhim tashabbuslar:

Deputatning yoshlar bilan uchrashuvi: ochiq muloqot va muhim tashabbuslar:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Z.Achildiyev hududlarga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va ular bilan ochiq suhbat qildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi fikr va takliflari tinglandi. Deputat yoshlar bilan samimiy muloqot olib borib, ularni qiynayotgan muammolar, qiziqishlari va kelajak rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Suhbat jarayonida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, mavjud imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, faol va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va murojaatlar deputat tomonidan e’tiborga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va ularning faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3