Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Dj. Taxchiyeva o‘zi saylangan hududda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi. Mazkur uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar, shuningdek, kelgusidagi ustuvor reja va vazifalar haqida batafsil axborot berildi. Ayniqsa, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolar bilan faol ishtirok etishdi. Ko‘tarilgan masalalar orasida yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, bandlikni oshirish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash kabi dolzarb yo‘nalishlar o‘rin oldi. Deputat barcha murojaatlarni tinglab, ularni hal etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilishini, masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olinishi ta’kidladi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ularning dardini tinglash hamda joylardagi muammolarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4