Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nazirov va komissiya a'zolari R.Xidiyatulina, M.Kim tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati atroflicha o‘rganildi. 

✍️Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2025-yil 13-sentabrdagi 40-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududda ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi asosida tashkil etildi.

➡️O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati kompleks tarzda tahlil qilinib, xususan, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, moddiy-texnik baza holati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sanitariya talablari ijrosi o‘rganildi.

➡️Shu bilan birga, muassasalarda hujjatlar yuritilishi, ichki tartib-qoidalar ijrosi, ota-onalar bilan hamkorlik darajasi va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining ochiqligi yuzasidan ham tegishli tahlillar olib borildi.

✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

✔️Doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishda nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 19