Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat tomonidan mahallada yoshlar va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat J.Uskanov tomonidan Shodlik mahallasida profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

Profilaktika inspektori faoliyatini o‘rganish davomida hududda yil boshidan buyon 1 ta o'g'irlik bilan bog'liq jinoyat sodir etilgani aniqlanib, ayni paytda hududda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha muntazam profilaktika tadbirlari olib borilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla bosqichi boshlanganligi, mazkur jarayon doirasida 🌐 5tashabbus.uz (http://5tashabbus.uz/) platformasi orqali 1300 nafar yosh qamrab olingani aniqlandi. Shuningdek, yoshlar daftariga kiritilgan 1 nafar yoshga o‘quv kurslari uchun moddiy yordam ajratish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, o‘rganish davomida Ahmad Yassaviy ko‘chasida tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi hamda Shodlik mahallasida o‘rnatilgan 20 ta kuzatuv kamerasi nosoz holatga kelgani aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, hududda xavfsizlik va infratuzilmani yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2