Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
#96_ta_qonun 🩺 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati, 9-Yangiravot saylov okrugidan saylangan Abdusalomov Elyor Salaxiddinovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustda qabul qilingan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👨‍⚕️ Tadbirda Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi ham ishtirok etib, sanitariya qoidalariga rioya qilish, shaxsiy gigiyena, mavsumiy kasalliklarning oldini olish, maktabda tozalik va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari bo‘yicha tushunchalar berdi.

📌 Uchrashuv davomida:

• qo‘llarni to‘g‘ri yuvish;

• oziq-ovqat mahsulotlaridan xavfsiz foydalanish;

• yuqumli kasalliklardan saqlanish;

• sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🏫 Shuningdek, o‘qituvchilar bilan maktabda sanitariya talablariga qat’iy rioya etish, profilaktik choralarni kuchaytirish va o‘quvchilar salomatligini asrash yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida sanitariya madaniyatini oshirish, sog‘lom muhitni shakllantirish hamda qonun talablarini joylarda samarali ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4