Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
“Kuch — adolatdadir”: bolajonlar Sohibqiron xotirasini yod etdi

 Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova ishtirok etib, ushbu sana va tadbirning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ta’kidlanganidek, Sohibqiron Amir Temurning “Kuch — adolatdadir!” degan buyuk g‘oyasi nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki bugungi kunda ham yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.

 Tadbir davomida bolajonlar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, Amir Temur siymosini sahna ko‘rinishlari orqali jonlantirdilar. Ularning chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

 Shuningdek, jajji avlod vakillari tomonidan Sohibqironning o‘gitlari, mardlik, jasorat va vatanparvarlik ruhidagi she’rlar ifodali tarzda yod olindi. Bu esa bolalarning tariximizga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini yana-da oshirdi.

 Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar tadbirga alohida fayz bag‘ishlab, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

🇺🇿 Tadbir yakunida Baxtigul Asrorova bolajonlarga murojaat qilib, ularning kelajakda ajdodlar merosiga sodiq, adolatparvar, bilimli va vatanparvar insonlar bo‘lib yetishishlarini tiladi.

 Ta’kidlash joizki, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bolajonlar qalbida milliy g‘urur, tariximizga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajak avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib voris etib tarbiyalashda bunday tashabbuslar alohida o‘rin tutadi.

Slide 1 of 1