Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Deputatlar Navbahor mahallasidagi muammolarni joyida o‘rgandilar

 Dastlab, Samarqand shahar hokimligi hamda mahalladagi homiylar ko‘magida yangidan bunyod etilgan mahalla markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bu yerda mahalla xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

E’tiborga molik jihati — mahalla “yettligi” a’zolari uchun alohida xizmat xonalari, “Nuroniylar xonasi” hamda zamonaviy dizayn asosida qurilgan majlislar zali mavjudligi alohida qayd etildi.

 Tashrif davomida hududdagi mavjud muammolar ham atroflicha o‘rganilib, tahlil qilindi. Jumladan:

 Jo‘ra Zokirov ko‘chasidagi 4 ta yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochdagi elektr tarmoqlarini beton ustunlarga o‘tkazish zarurligi

 Ko‘chada o‘rnatilgan, ammo foydalanilmayotgan 3 ta beton ustunni olib tashlash lozimligi aniqlandi

 Ma’lum bo‘lishicha, ushbu masala yuzasidan mahalla raisi Sh. Jumayev tomonidan tegishli tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilingan. Muammoni tez orada hal etish bo‘yicha va’dalar berilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar amaliy natija kuzatilmagan.

 Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, deputatlik so‘rovlari orqali qat’iy nazoratga olindi.

 Hududlardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularni tizimli hal etish ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 1