Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

✅Marg‘ilon shahrida tashabbusli budjet jarayonlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📍Xususan, Marg‘ilon shahar iqtisodiyot va servis texnikumida 2025-yil 2-mavsumda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyiha ijrosi ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lib, texnikum hisob raqamiga 781,2 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

✅O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘lar doirasida tuzilgan shartnomalar, xarid qilingan asosiy vositalar hamda tovar-moddiy boyliklar holati atroflicha tahlil qilindi.

✅Aniqlanishicha, barcha jihozlar to‘liq qabul qilinib, bugungi kunda foydalanishga topshirilgan.

Deputatlar tomonidan loyiha ijrosining shaffofligi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda yaratilgan sharoitlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Bunday o‘rganishlar tashabbusli budjet loyihalarining sifatli amalga oshirilishini ta’minlash hamda aholining ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5