Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
INFRATUZILMA OB’EKTLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

"Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda Kengashning Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi, aholiga xizmat ko‘rsatish va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Allaberganovlar Urganch shahridagi zovurlarning holatini ko‘zdan kechirdilar. 

O‘rganish davomida ushbu zovurlarni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish hamda shahar hududida sizot suvlari darajasining ko‘tarilishini oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, ko‘prik va temir yo‘llar ostidan o‘tgan quvurlarning texnik holati tekshirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi. 

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahar aholisini va ularning xonadonlarini sizot suvlari zararidan muhofaza qilish, aholini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan ekologik va kommunal muammolarga barham berish, hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratishdan iboratdir." 

Slide 1 of 4