Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan “Majnuntol” mahalla hududida joylashgan 68-son umumta’lim maktabida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔎 Nazorat jarayonida ta’lim muassasasining sport maydonchasi, mavjud sport anjomlari, ularning texnik va sanitariya holati bilan bir qatorda, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar hamda turli to‘garaklar faoliyati uchun ajratilgan xonalar ham atroflicha o‘rganildi.

🤝 Deputat maktab rahbariyati, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazib, yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va qiziqishlariga mos to‘garaklarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📊 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Slide 1 of 5