Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 22-Guliston saylov okrugi deputati Go‘zal Sayitqulova tomonidan “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida hududga tashrif amalga oshirildi.

➡️ Dastlab deputat mahallaga tashrif buyurib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi hamda hududdagi mavjud masalalar muhokama qilindi. Shundan so‘ng murojaat bilan kelgan fuqarolar qabul qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Jumladan, bir fuqaro tomonidan tikuv mashinasiga ehtiyoj borligi bildirildi. Deputat tomonidan fuqaroga zarur tavsiyalar berilib, ushbu masala yuzasidan hokim yordamchisiga yo‘naltirilib, tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

➡️ Shuningdek, deputat “Qarapchi” QVPga tashrif buyurdi. Tashrif davomida muassasada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, bepul berilishi lozim bo‘lgan dori vositalarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi holati o‘rganildi.

➡️ Shundan so‘ng hududda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolajonlar iste’moli uchun ajratilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ta’minoti ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishlar hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8