Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi. 14-O'zbtkiston saylov okrugi deputati F.Cho'liyeva o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.

14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva hamda tuman Kengashi mutaxassis Sh.Tog’ayev Azizon mahalla binosida hududdagi saylovchilar bilan uchrashish maqsadida navbatdagi ochiq muloqotni tashkil etdi. Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, jumladan, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo’lsa, murakkabroq muammolar mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko’rib chiqilishi ta’kidlandi.

Deputat o’z navbatida, aholi bilan bunday uchrashuvlar muntazam o’tkazilishi, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etdi.

Mazkur uchrashuv aholi vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot ruhida o’tdi hamda ko’tarilgan masalalarni ijobiy hal etishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi.
 

Slide 1 of 1