Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
#deputat_sorovi ⚡️6-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi nazoratga olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Manzura Umirova tomonidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i S.Safarovga deputat so‘rovi yuborildi.

👨‍💼 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq Ishtixon tumani 6-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurish hamda uni 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot so‘ralgan.

❔ Deputat so‘rovida:

— 2026-yil I choragi davomida bajarilgan ishlar;

— qurilish va rekonstruksiya jarayonining bugungi holati;

— obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish imkoniyati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

🇺🇿 Mazkur loyiha tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, poliklinikaning imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolar uchun qulay va zamonaviy tibbiy muassasa yaratishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Deputatlik nazorati doirasida mazkur obyekt bo‘yicha ishlarning borishi doimiy nazoratda bo‘lib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1