Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
#nazorat #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Nargiza Atakulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mukarram Ne’matullayeva tomonidan "Olmaliqovul" mahallasida xotin-qizlar faolining 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari atroflicha o‘rganildi.

🔍O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:

📂"Ayollar daftari": Ro‘yxatga olingan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar, xususan, bandlikni ta’minlash va moddiy ko‘mak masalalari;

🏥 Ijtimoiy himoya: Ehtiyojmand ayollarning davolanish xarajatlarini qoplash, psixologik va huquqiy maslahatlar berish tizimi;

⚖️Oilaviy masalalar: Oilaviy ajrimlarning oldini olish va ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish choralari;

📝Hujjatlar bilan ishlash: Har bir ko‘rsatilgan yordamning asoslantiruvchi hujjatlari bandma-band ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv yakunida deputat va kotibiyat mutaxassisi tomonidan xotin-qizlar muammolarini hal etishda manzillilikni ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3